BODO "M 22"

5 800 000 so‘m

Bodo "M 22" elektr skuteri - erkaklar, ayollar va 16 yoshdan katta o'smirlar uchun birday foydalanish mumkin bo'lgan transport vositasidir. U bir yoki ikki kishini avtomobil yo'llari bo'ylab harakatlantirish va ro'zg'or uchun zaruriy, kundalik yuklarni tashish uchun mo'ljallangan. Bodo M 22 elektr skuteri O'zbekiston yo'l harakati qoidalariga muvofiq ro'yxatdan o'tishni va boshqaruv huquqlari beruvchi hujjatlarni talab qilmaydi.

Tezkor yetkazib berish
Qulay to‘lov
Rasmiy diler

BODO "M 22"

          BODO "M 22" nafis dizayn sohibidir. U o'tgan asrning 50-60 - yillarida zamonaviy notalar bilan italiyan skuterlari uslubida yaratilgan. Siz uchun barcha komponentlar shakli va rangi bo'yicha sinchkovlik bilan tanlangan va zamonaviy elektr skuter tasviri yaratilishiga erishilgan. Keng o'rindiqga balandligi 150 dan 185 sm gacha bo'lgan haydovchi qulay joylashadi va agar kerak bo'lsa, yo'lovchi ham joylashishi mumkin.

          Taklif etilayotgan model oddiy, ishonchli va samarali dvigatel bilan jihozlangan. Bu tez qo’zg’alish, maksimal tezlikni (40 km/soat) va tik qoyalarga ko'tarilishni ta'minlaydi. Elektr skuter 3 bosqichli tezlikka ega. Qo'rg'oshin kislotali akkumulyator batareyasi 60 km masofani bosib o'tishga imkon beradi.

          BODO "M 22" an'anaviy to’xtatish tizimi (Amortizator) ga ega: teleskopik osma vilka – old tomonda, ikkita amortizatorli mayatnik – orqada joylashgan.Shuningdek bu “toychoq” skuterlar orasida eng keng tarqalgan 10 dyumli g'ildiraklar bilan jixozlangan. Yorqin faralar, LED yoritgichlar, burilish ko'rsatkichlari, tormoz farasi, elektr signal signallari kunning istalgan vaqtida yo'llarda xavfsiz harakatlanish imkonini beradi va boshqaruv pultli signalizatsiya uning xavfsizligini ta'minlaydi.

          O'rindiq ostida mo’jazgina, qulflananadigan bo'linma mavjud. O'rindiq yo'lovchiga  qulaylik yaratish maqsadida yumshoq bel tirgagich bilan jihozlangan. Kichikroq maxsulot yoki yuklarni oyoq tagiga qo’yib olish mumkin.

          Elektr skuter har bir 100 km masofa uchun atiga 1,7 dan 2,5 kVt/soatgacha elektr energiyasi sarflaydi. U hech qanday qo’shimcha xarajatli materiallar, ya’ni, yog'lar, filtrlar va boshqalarni talab qilmaydi. Qo'rg'oshin kislotali batareyalar odatda 3 yilgacha xizmat qiladi.

Signalizatsiya

Dizayn

Tezlik

Cyber Assassin

Xususiyatlari
Skuter turi Skuter
Yetkazib berish ( Shahar bo'yicha) Yetkazib beramiz
Dvigatel quvvati 650 Vt
Maksimal tezlik 40 k/s
Yurish masofasi 50 km
Akkumulyator Gelli akkumulyator
Batareya hajmi 60 V 20 Ah
Yechiladigan batareya Ha
To'liq quvvatlash vaqti 6-12 s
Og'irligi 60 kg
Bort kompyuter Bort kompyuteri LED, tezlik o'lchagich, batareya quvvati zaxirasi o'lchagich, kilometr ko'rsatkichi.
To'xtatish tizimi Old amortizatorlar, orqa amortizatorlar
Yoritish tizimi Old fara, tormoz nuri va old + orqa burilish signali
O'rindiqlar soni 2
G'ildiraklar soni 2
G'ildiraklarning o'lchami (diametri) 300-10
Yukxona, savat O'rindiq ostida
Kafolat muddati ( Servis xizmati ) 90 kun
Ishlab chiqaruvchi BODO
Davlat O'zbekiston
Holati Mavjud
Shu kategoriyadagi mahsulotlar
BODO "F 1"
6 200 000 so‘m
BODO "YODA"
3 460 000 so‘m
BODO " M 3 "
5 800 000 so‘m
BODO "M 82"
5 500 000 so‘m
BODO "М 189"
5 950 000 so‘m